Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 05 Февраля 2015 в 03:25, курсовая работа

Краткое описание

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Содержание

KIRISh ……….…………….…………………………….

1.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari…...............................….

2.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri….…....…………………

3.
Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari…………

4.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.......…..................……………..

5.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash muammolari ....................


Xulosa …………………………………….…


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….….

Вложенные файлы: 1 файл

kurs ish.DOC

— 765.50 Кб (Скачать файл)

     Faol makroiqtisodiy siyosatning hozirgi ba’zi muxoliflar o’z dalil-isbotlarida «Lukas tanqidi» (ratsional kutishlar nazariy maktabining asoschisi R. Lukas nomi bilan atalgan) degan kontseptsiyadan foydalanadilar.

     «Lukas tanqidi» shundan iboratki, iqtisodiy siyosat natijalarini baholash usullari uning iqtisodiy sub’ektlari umumidlarini shakillantirishga ta’sirini hisobga olmaydi. Vaholanki mazkur umidlar ulkan rol o’ynab, makroiqtisodiy siyosatni ko’pincha ma’nosiz qilib qo’yadi. Chunonchi, xukumat tomonidan rag’batlantiruvchi siyosat o’tkazilganda iqtisodiyot sub’ektlari muayyan vaqt o’tganidan so’ng inflyatsiya sakrashi yuz beraishin  tushunadilar. Shuning uchun ular o’z rejalarini yangi vaziyatni hisobga olib ko’ra boshlaydilar. Soliqlar kamaytirilishi yoki davlat rejalarini o’stirish to’g’risida axborot olinishi bilanoq resurslarni sotuvchilar inflyatsiyani kutib, ishlab chiqarish omillari narxini oldindan oshiradilar. Tovar va resurslarning bir vaqtda o’sishi esa iqtisodiyotni jonlantirishga olib kelmaydi.

Byudjetni to’ldirishni ta’minlashning iqtisodiyotga ham, jamiyatga ham zarar keltirmaydigan vositalari faoliyatini samarali ishlashini ta’minlash zarur. Soliq tizimi barcha jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bir xildagi munosabatga moslashishi, bunda iqtisodiyot sub’ektlari daromad (foyda) to’g’risidagi tasavvurlaridan kelib chiqib, qaror qabul qilishga majbur bo’lgan holatlar yoki soliq tizimi tomonidan majbur qilinadigan jarima, jazo kabi mexanizm ta’sirida soliq to’lovchilar adolatsiz deb hisoblab, ularning soliq qonunlariga rioya etmasliklarini yuzaga kelishiga omil bo’lmasligi kerak.

XX asrning so’nggi o’n yilliklarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan qator mamlakatlarda soliq tizimlari islox etildi. Bunda, mazkur mamlakatlardagi soliq isloxotlari asosan uch yo’nalish ya’ni :

  • jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan daromad soliqlari tarkibi, soliqqa tortish  stavkalarini tenglashtirish, shuningdek, imtiyozlar hamda alohida shart-sharoitlarni tugatish hisobiga soliq bazasini kengaytirish;
  • qo’shilgan qiymat solig’iga tortishda qator tovarlar va xizmatlar is’temolini qamrab oluvchi  soliqqa tortish bazasini kengaytirish;
  • aktsizlar stavkasini oshirish kabilarga yo’naltirilganligini ta’kidlash lozim.

Bunday soliqqa tortish isloxotlarini amalga oshirishda quyidagi maqsadlar bajarilishini ta’minlash nazarda tutilgan:

  • iqtisodiy rivojlanishga soliqlarning salbiy ta’sirini kamaytirish;
  • iqtisodiyot sub’ektlari uchun faoliyat yuritish shart-sharoitlarini tenglashtirish;
  • soliqqa tortishni soddalashtirish.

Keyingi yillarda mazkur yo’nalishlarga asoslangan soliq isloxotlari qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ham amalga oshirila boshlandi. Soliq isloxotlarining strategiyasini to’g’ri tanlash bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarda birmuncha qiyinroqdir. Shuning uchun ularning quyidagi:

  • soliq islohotlari - bu uzoq davom etuvchi jarayon bo’lib, bir laxzada amalga oshadigan voqeylik emasligi;
  • soliq tizimining byudjet sarf-harajatlarini qoplash uchun daromadlarning belgilangan xajmi kelib tushishining samarali vositasiga aylanishini ta’minlash;
  • soliq tizimi gorizontal adolatni ta’minlashi;
  • yuqori, o’rta va quyi daromadga ega sub’ektlarni soliqqa tortish jarayonida jamiyatda daromadlarning adolatli taqsimlanishi ta’minlashda tassavurlarning o’zaro mos kelishi kabi tamoyillarga asoslanganligi maqsadga muvofiqdir.

Bundan tashqari, yana bir muhim vazifalardan biri soliq tizimining barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Masalan, xorijiy investorlar o’z kapitallarini yangi ishlab chiqarish yaratilishi, mavjud ishlab chiqarish bazalarini kengaytirish, ayniqsa to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar shaklida kapital qo’yishlariga qulay shart-sharoit yaratish lozim.

Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda byudjet daromadlarini shakllantirish manbasi sanaladigan soliq tizimini takomillashtirish shunday ob’ektiv omillar bilan belgilanadiki, bunda xo’jalik munosabatlari shakllanish jarayoniga va soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy chegaralarini belgilashga davlat aralashuvi zaruriy chora sifatida qaraladi. Rivojlangan mamlakatlarda davlat harajatlarini kamaytirish yo’lida doimiy izlanishlar olib borilmoqda, buning oqibatida, bir tomondan, soliq daromadlariga bo’lgan ehtiyojning qisqarishi, ikkinchi tomondan esa mavjud tizim samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi.

Shuni qayd etish kerakki xorijiy iqtisodchilarning fikr-mulohazalariga ko’ra rivojlanayotgan mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan asosiy soliq muammolari quyidagilardan iboratdir:

  • soliq tizimini soliq to’lovchilarning tushunishlari, shuningdek, soliq organlari samarali boshqarishligini ta’minlash murakkabdir. Bu esa, muqqarrar holda ortiqcha ma’muriy sarf-harajatlarga olib keladi hamda soliqlardan bo’yin tovlashning “takomillashgan” usullarini yuzaga keltiradi;
  • shaxsiy daromad solig’iga tortish soliq yukining adolatsiz taqsimlanishi bilan izohlanadi, chunki daromadlarning ko’pincha turlicha darajada soliqqa tortilishi kuzatiladi. Bu esa, o’z navbatida, soliq to’lovchilar tomonidan norozichiliklarni va soliqlarning yuqori stavkalarda qo’llanilishini keltirib chiqaradi va fuqarolarning soliq axloqlari asoslarining buzilishiga sabab bo’ladi;
  • qarorlar qabul qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Soliqqa tortishning mazkur guruhiga mansub sub’ektlarning ishga bo’lgan rag’batlarini yo’qqa chiqaradi, ularning xufyona iqtisodiyotga bo’lgan qiziqishlari ortishiga olib keladi, ayniqsa, jamg’armalarni to’plashda qiyinchiliklarga duch kelinadi;
  • soliqqa tortish iqtisodiyot sub’ektlarining moliyaviy holatiga ko’ra emas, balki soliqqa tortish oqibatlari bo’yicha mablag’larni investitsiyalashga va balansni qayta qurishga majbur etadi. Bu esa, o’z navbatida, kapital qo’yilmalar sifatiga va chegaralangan resurslarni taqsimlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
  • shaxsiy daromadni soliqqa tortish bilan iqtisodiyot sub’ektlarini soliqqa tortish stavkalari o’rtasida katta farq oqibatida sub’ektlar inkorporatsiya qilish to’g’risidagi qarorini qabul qilishga majbur bo’ladi. Dividendlarni diskriminatsiya qilish shunga olib keladiki, investitsiyalarni ularga nisbatan zayom mablag’lari hisobidan moliyalashtirish arzonroq bo’lib qoladi.

Keltirilgan jihatlarda soliq tizimlarning takomillashmaganligi namoyon bo’ladi. Soliqlar orqali davlat harajatlarini  moliyalashtirish imkoniyatlarining kamayishi, shuningdek, tabiiy resurslardan yanada oqilona foydalanishga bo’lgan talab oqibatda mazkur muammoni hal etishning dolzarbligini oshirdi.

Shunday qilib, O’zbekistonda byudjet daromadlarini shakllantirishni ta’minlash va xalqaro soliq siyosati muammolari o’zaro umumiylik hamda o’ziga xoslikka ega ekanligini hisobga olgan holda, xulosa qilish mumkinki, egri soliqlar ulushining oshishi jarayoniga bir tomonlama baho berish mumkin emas. Aslida soliq tizimlarining takomillashib borishi shuni ko’rsatmoqdaki, egri soliqqa tortish talab va taklif mexanizmiga ta’sir etishi orqali raqobatni buzuvchi omil sanaladi. Bizga ma’lumki, raqobatli bozor tizimi resurslarni shunday tovarlar va xizmatlar ishlab chig’arishga yo’naltiradiki, ularga hammadan ko’ra ko’proq jamiyat ehtiyoj sezadi, aynan shu faoliyat rivojiga egri soliqqa tortish mexanizmi salbiy ta’sirga ega bo’ladi.

Ayni vaqtda alohida ta’kidlash lozimki, albatta egri soliqqa tortish orqali kechayotgan tub tarkibiy o’zgarishlar qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning echilishi omili bo’lmoqda.

Shu nuqtai-nazardan mamlakatimizda soliq tizimi orqali byudjet daromadlarini shakllantirishda xalqaro soliqqa tortish amaliyotida shakllangan barcha afzalliklardan o’ziga xos tarzda foydalanishning eng ma’qul bo’lgan mexanizmi faoliyatini yo’lga qo’yish davr talabidir Iqtisodiyotni davlat tomonidan  tartibga solishda o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolar orasida soliqlar yordamida amalga oshiriluvchi, byudjetning daromad qismini shakllantirish dolzarb bo’lib hisoblanadi. Soliqlar - bu davlat tomonidan ko’rsatiluvchi xizmatlar evaziga to’lanadigan haqdir.

Biroq, soliqlar mamlakatda biznesning rasmiy tarzda faoliyat yuritishi va ravnaq topishiga g’ov bo’lmasligi lozim. Soliq to’lovchilarning manfaatlarini to’la qonli tarzda hisobga olmaslik (soliq yukining haddan ziyod og’irligi, soliq munosabatlaridagi tushunmovchiliklar), nooqilona soliq siyosati, oxir oqibatda iqtisodiyotda jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Jumladan, samarasiz soliq siyosati taktikasiga nisbatan ishbilarmonlar doirasi quyidagi ko’rinishda  aks javob qaytaradilar:

  • soliq imtiyozlarini yoqlash;
  • turli xil yo’llar bilan soliq to’lashdan bo’yin tovlash (hisobotlarni soxtalashtirish va shu kabilar);
  • ishlab chiqarish xajmlarini imkon darajasidan ancha qisqartirish.

Bu holatlarning barchasi, o’z navbatida iqtisodiy o’sish sur’atlarining sekinlashuvi, soliqqa tortish bazasining kamayishi va o’z navbatida  byudjet tushumlarining qisqarishiga olib keladi.

Shuning uchun ham, soliq siyosati taktikasi iqtisodiy munosabatlarning asosiy ishtirokchilari-sotuvchi va haridorlar, tadbirkorlar va yollanma ishchilar, hamda jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan xolda o’tkazilishi lozim.

Rivojlangan davlatlardagi tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, bir paytning o’zida soliq imtiyozlari va soliq stavkalarini pasaytirish siyosatini olib borishi natijasida, ushbu davlatlarda ish faolligi sur’atlari keskin darajada o’sdi, soliq tushumlari esa 1,5-2,0 barobar oshdi. Yuqoridagi fikrlarimizdan ham ko’rinib turibdiki, soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasi bir-biri bilan uzviy bog’langandir. Ushbu uzviylikni to’g’ri ta’minlash esa asosan soliq munosabatlarini ilmiy va amaliy to’g’ri tashkil qilishdir.

Soliqlar davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida davlat byudjeti ixtiyoriga jismoniy va xuquqiy shaxslar tomonidan yo’naltiriladigan ekvivalentsiz majburiy to’lovlar bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Soliqlarning sotsial-iqtisodiy mazmuni, ichki tarkibi, vazifalari uning qator bajariladigan funktsiyalari orqali aniqlanadi. Ularning tarkibida eng muhimlari - daromad to’plash va rag’batlantirish, yoki o’zgacha, ular bir-biriga qarama-qarshi funktsiyalar deb hisoblanadi.

Agar daromad to’plash funktsiyasiga katta e’tibor berilib, soliq to’plash kuchaytirilib yuborilsa, ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qiladi, tadbirkorlik faoliyati chegaralanadi. Shu sababdan soliqlarning eng maqbul (optimal) darajasini aniqlash muammosi soliqlar paydo bo’lganidan boshlab muntazam ravishda ilmiy va amaliy izlanishlar mavzui bo’lib kelgan.

Shuni qayd qilib o’tish kerakki, soliq darajasi xamma davlatlarda yoki bir davlatni o’zida har xil davrlarda bir xil bo’lishi mumkin emas. Uning darajasi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoliga bog’lik. Dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida soliq sifatida ichki yalpi mahsulotning (YaIM) 30-45% gachasi davlat byudjetiga o’tkaziladi.

Oxirgi yillarda bir qator rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotga soliq yukini kamayganligini kuzatish mumkin. Bu ko’rsatkichlar AQSh, Germaniya, Yaponiyada 25-30% ga to’g’ri keladi. O’zbekistonda iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliq siyosati strategiyasini asosiy yo’nalishi hisoblanadi.

Mustaqillikka erishilgandan so’ng soliqlarning fiskal funktsiyasi bozor iqtisodiyoti sharoitida ustivor darajada rivojlanib ketdi. Natijada soliq yuki oshib bordi va ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qila boshladi. Bu hol o’z navbatida qator kichik korxonalar faoliyatini to’xtatib qolishiga sabab bo’ldi. Iqtisodni boshqarishda yangi soliq siyosati strategiyasiga o’tishga to’g’ri keldi.

Iqtisodiyotga umumiy soliq yukini kamaytirish siyosati taktikasi xozirgacha davom etib kelmoqda. Soliqlar yig’indisini YaIMga nisbati 2004 yilgi 31,4%  o’rniga 2005 yili 28,7%ni tashkil qilib, 2,7%ga kamaytirish imkonini berdi. Ma’muriy isloxotlarni amalga oshirish, xususiylashtirishni faollashtirish, faol investitsion siyosatni olib borish orqali iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, yanada qulay investitsion muxitni shakllantirish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash hamda milliy iqtisodiyotning eksport saloxiyatini va maxsulot eksportini kengaytirish uchun samarali ta’sir ko’rsatadi.

Bilvosita soliqlar korxonalar faoliyatiga neytral (xolis) pozitsiyadadir, degan nazariyadan kelib chiqib, respublikamizda ularni fiskal ahamiyatiga qarab katta e’tibor berilmoqda. Soliq solinadigan bazalarni aniqlashda, soliq summasini hisoblashda, byudjetga undirilishda, imtiyozlar berishda qator kamchiliklar mavjud:

1. Bular qatoriga qo’shilgan qiymat solig’ini (QQS) to’laydigan ayrim korxonalar faoliyati xususiyatlarini qisobga olmaslik ham kiradi. Ayrim korxonalarda faqat o’z faoliyati natijasida yaratilgan qo’shilgan qiymatgina soliqqa tortilmay, balki mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xom-ashyo bo’yicha ham QQS to’lash;

2. Olingan daromadni emas, kutilayotgan daromadni soliqqa tortish;

3. Aktsizosti tovarlarning realizatsiyasidan QQS undirish chog’ida, soliqqa tortish ob’ektiga aktsiz summasini qo’shilishi

4.Birlamchi extiyojga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini soliqqa tortish va xokazo.

Masalan, bular tarkibida maxsulotni etkazib berish davrida QQSning hisoblanishi, hali kelib tushmagan mablag’lar uchun korxona xom-ashyo materiallarini QQS to’lamaydigan korxonalardan sotib olgan sharoitda, aylanma mablag’lar hisobidan QQSning to’lanishi natijasida ularning (aylanma mablag’larning) bir qismi cheklanishiga olib kelmoqda. Jo’natilgan tovarlar uchun mablag’lar o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida QQS bo’yicha boqimanda miqdorlari ko’payishi, boqimanda xisobidan penya xisoblab olinishi, korxonalarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Mamalakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng jamiyat hayotining barcha soxalari qatorida iqtisodiy soxada ham tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, iqtisodiy tizimning muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan soliq tizimidagi isloxotlar ayniqsa muhim  ahamiyat kasb etadi. Zero, O’zbekistonda soliq tizimida isloxotlar amalga oshirildi emas, balki soliq tizimi yangidan yaratildi deb aytish ham mumkin. Hozirgi kunda soliq tizimini rivojlanishida asosiy e’tibor soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasini kuchaytirishga qaratilmoqda. Soliq tizimini takomillashtirish borasida so’ngi yillarda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, foyda soliqni stavkasi va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq stavkalarining bosqichma-boich kamaytirilganligi aholi va xuquqiy shaxslar ixtiyorida qoluvchi mablag’lar so’mmasini ko’payishi ko’rinishida qo’shimcha investitsion resurslar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Shu bilan birga, soliq tizimidagi o’zgarishlarning kalendar yili davomida ham amalga oshirilayotganligi ma’lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganligini ham aytib o’tish lozim. Hozirgi kunda kichik va xusuusiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga katta ahamiyat berilmoqda. Ma’lumki, xususiy sektordagi tijorat korxonalari faqat o’z-o’zini qoplash va o’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash asosida ish yuritadilar. Bunda tadbirkor barcha ma’suliyatni o’z zimmasiga olgan holda bank kreditlari kabi jalb qilingan resurslardan ham foydalanishi mumkin. Yillik moliyaviy reja tuzilayotganda va resurslarni jalb qilish yoki qilmaslik xaqida boshqaruv qarorlari qabul qilinayotganda daromad va harajatlar hisob-kitobida soliq harajatlari ham salmoqli o’rin egallaydi. Biznes-reja tuzilib, xisob-kitoblar amalga oshirilganidan so’ng, tadbirkor resurslarni jalb qilish haqida qaror qabul qilsa va shundan so’ng yil davomida soliq stavkalariga keskin o’zgartirishlar kiritilsa, bu o’zgarishlar biznes-rejani amalga oshirilishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Bu holatda, agar resurslar tadbirkorning o’z resurslari bo’lsa, u faqat ko’zlangan foydani ololmay qoladi xolos, lekin, resurs jalb qilingan bo’lsa-chi, unda nafaqat ko’zlangan foydani ololmay qolishi, balki resurslar ma’lum bir foizlar evaziga jalb qilinganligi sababli zarar ko’rilishi ham mumkin.

Ushbu holatni xisobga olgan holda, soliq tizimida yil davomida o’zgarishlarni amalga oshirmaslik, o’zgarishlar amalga oshirilganda ham, kalendar yili yakunlanishidan 3-4 oy avval e’lon qilinib, keng xalq ommasiga etkazilishi va shundan so’ng keyingi yildan boshlab amaliyotga joriy qilinishi tadbirkorlar uchun biznes-rejani amalga oshirish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olgan bo’lar edi.

Soliq tizimini takomillashtirish jarayoni davom etmoqda va bu jarayon islohotlarni amalga oshirishdagi pirovard maqsad – xalq farovonligini oshirishga qaratilgandir. Hozirgi vaqtda tadbirkorlik sub’ektlarini soliq tizimi orqali ularning faoliyatini rag’batlantirish borasidagi soliq siyosatining muhim yunalishlaridan biri sifatida soliq yukining yil sayin kamayib borayotganligidir.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga yotgan barcha davlatlar, shu jumladan, O’zbekiston xam xorijiy sarmoyalarni kirib kelishidan manfaatdordir. Chunki xorijiy sarmoyalarning doimiy jalb qilinishi mamlakat iqtisodiy saloxiyatini yosishi, axolining farovonligini yaxshilashning zarur shartlaridan biri xisoblanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish aloxida axamiyat kasb etadi. Respublikamizda xorijiy investitsiyalar orqali mamlakat iqtisodiyoti oldidagi bir qator dolzarb vazifalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

  • avvalo, iqtisodiyotimiz rivojlanishi uchun muhim bo’lgan yirik loyixalarni moliyalashtirish imkoni tug’iladi;
  • zamonaviy texnika va texnologiyalar jalb qilinishi natijasida korxona raqobatbardosh, jaxon andozalariga mos maxsulot etishtira oladi;
  • respublikamizning eksport imkoniyatlarini rivojlantirishga yo’l ochiladi va milliy maxsulotlarni jaxon bozorida sotish tajribasini orttirishda yordam beradilar;
  • yangi ish joylari tashkil qilish va axolining ishsiz qismini ish bilan ta’minlash mumkin;
  • xorijning ilg’or tajribasini joriy etish va shu orqali mehnat unumdorligini oshirish imkoni yaratiladi.

Yuqoridagi vazifalarni xal etishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ular ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy rag’batlantirish juda muhim xisoblanib, xozirgi kunda respublikamizda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi (qo’shma) korxonalar faoliyati rivojlantirish maqsadida soliq va bojxona tizimida bir qator imtiyozlar mavjud. Bundan tashqari soliqlarning rag’batlantirish omillariga soliqlarni to’lashdan vaqtincha ozod qilish (soliq rag’batining tipik shakli) xamda soliqlar bo’yicha erkin iqtisodiy xududlar yaratish kabilar kirib, bulardan xorijiy sarmoyalar uchun soliq imtiyozlari korxonaning soliqqa tortiladigan bazasi (daromadni) kamaytirish maqsadida foydalaniladi;

  • xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ayrim soliqlardan vaqtincha ozod qilinishi orqali rag’batlantiriladi. Bu imtiyoz asosan yangi tashkil etilgan korxonalar uchun mo’ljallangan bo’lib, yangi korxonalar “oyoqqa” turib olgunga qadar soliqlarni to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilinadi;
  • eng asosiysi esa xorijiy sarmoyalarni jalb etishda soliqlar bo’yicha erkin iqtisodiy xududlar yaratish. Bunday xududlarda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar uchun soliq solishning maxsus tartibi joriy etiladi. Mazkur xududlarda faoliyat yurituvchi korxonalarga turli soliq imtiyozlari beriladi. Umumiy qilib aytganda, yuqoridagi soliq rag’batlantirishlari shu xududlarda amalga oshiriladi.

Soliq yuki va iqtisodiy o’sish orasidagi bog’liqlik masalasi hozirgi davlatimizning iqtisodiy isloxotlari davridagi muhim, dolzarb muamolardan biridir.

Statistik tadqiqot shuni ko’rsatdiki, maksimal darajada iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun soliq yuki quyidagicha bo’lishi kerak:

- axoli jon boshiga YaIM 3000$ gacha bo’lgan davlatlarda (O’zbekiston shu guruxga kiradi) – 15%;

- axoli jon boshiga YaIM 3000$ dan 9000$ gacha bo’lgan davlatlarda– 17%;

- axoli jon boshiga YaIM 9000$ dan yuqori bo’lgan davlatlarda – 24%

Yuqoridagi fikr va muloxazalarni yakunlar ekanmiz, bu bo’limga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida ko’rib o’tilgan muammolarni echish orqali davlatimiz soliq siyosatini takomillashtirishga erishish mumkin.

 

Xulosa

Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimining asosini tashkil etadi. Mavjud moliyaviy  resurslardan oqilona foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish samaradorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda soliq siyosati strategiyasi va taktikasi munosabatlarining qanday asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, samarali byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish emas, balki soliqqa tortishning maqbul tizimini shakllantirish deb hisoblaymiz.Belgilangan yo’nalishlardagi muammoldar ijobiy hal qilinsa, korxonalar boqimandaligini kamayishiga, soliqlarni byudjetga o’z vaqtida to’liq undirishga, takror ishlab chiqarishni tezlashtirishga va boshqa muammolarning hal qilinishiga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning va soliq siyosatining asosiy maqsadlaridan biri, mamlakatda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida erkin raqobatni yuzaga keltirish orqali ichki bozorni to’yintirish hisoblanadi. Soliq siyosatining imtiyozli yo’nalishlari bu maqsadni ba’zan inkor eishini kuzatamiz, ya’ni bir tarmoqdagi ikki xo’jalik yurituvchi sub’ektning biriga imtiyoz berish orqali, ikkinchisining imkoniyatlarini kamaytirib qo’yish mumkin. Imtiyozlarni belgilashda asosiy omil qilib tarmoq xususiyatini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Bu esa, bir tarmoq ichida erkin raqobatni va narxlar tengligini ta’minlaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, soliqlar umumiqtisodiy tizimning bir bo’g’ini hisoblanib, amalga oshirilayotgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasi mamlakatning makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlariga sezilarli tarzda ta’sir etadi. Shunday ekan, soliq siyosatining strategiyasini va taktikasini uzviyligini ta’minlashning asoslarini o’rganish ham muhimdir.Chunki soliq siyosati strategiyasini chuqur o’rganib, ilmiy asoslash orqali soliq taktikasini samaradarligini oshirish va bozor iqtisodiyotida davlatimiz va yurboshimiz mamlakatimiz ravnaqi uchun belgilagan strategiyasiga, ko’zlagan maqsadiga erishish oson kechadi.

Информация о работе Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish