Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 05 Февраля 2015 в 03:25, курсовая работа

Краткое описание

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Содержание

KIRISh ……….…………….…………………………….

1.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari…...............................….

2.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri….…....…………………

3.
Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari…………

4.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.......…..................……………..

5.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash muammolari ....................


Xulosa …………………………………….…


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….….

Вложенные файлы: 1 файл

kurs ish.DOC

— 765.50 Кб (Скачать файл)

Agar, bu vazifalarni bajarishga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, ikkinchi ustuvor vazifamiz - tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish uning ko’lamini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga bir qator soliq stavkalarining kamaytirilishi, ayrim soliq turlarining bekor qilinishi natijasida erishiladi. Soliq yukini kamaytirish o’z navbatida soliq imtiyozlarining kengaytirilishini ham bildiradi. Bu esa xorij investitsiyalarining jalb qilinishi va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni kengaytirishga imkon yaratadi.

Soliq - byudjet sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq stavkalarini pasaytirish o’z navbatida xususiy mulkchilik tarmog’ini kengaytirish, biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlashdan iborat uchinchi ustuvor masalani hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, har qaysi korxona yoki firmaning bosh maqsadi bozordagi kuchli raqobatga bardosh berib mustahkam o’rnashish va maksimal foyda olishdan iborat. 2007 yilda korxonalar to’laydigan foyda solig’ining 2 punktga kamaytirilishi ya’ni 10 foiz qilib belgilanishi ularning pirovard maqsadini rag’batlantirishga xizmat qiladi. O’z navbatida korxonaning bosh maqsadi, uning rag’batlantirilishi, barcha ish faoliyatini rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi, iqtisodiy qonuniyatdir. Qolaversa, 2006 yildan boshlab dividendlar va foizlar bo’yicha soliq stavkasi 15%dan 10%ga tushirilishi esa qimmatbaho qog’ozlar bozori, ayniqsa ikkilamchi bozorning rivojlanishiga va korxonalarda dividendlar siyosatiga ijobiy ta’sir etishi hamda ularning o’z xodimlarining (aktsiyadorlar) ishlab chiqarishdan manfaatdorligini oshishiga olib keladi.

Birinchi ustuvor vazifaning to’rtinchi ustuvor vazifa bilan bog’liqligi shundan iboratki, soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to’lovchilar ixtiyorida qoladigan 250 mlrd so’mlik mablag’lar reinvestitsiya qilinishga hamda ishchi xodimlarning ish haqiga yo’naltirilishiga tavsiya qilinishi, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkasining oraliq chegaralari bo’yicha pasaytirilishi korxonalarning mehnat haqi fondidan to’lanadigan yagona ijtimoiy to’lovning 25 foizdan  24 foizgacha tushirilishi, bundan tashqari soliq kodeksining 58 moddasiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlarining kengaytirilishi bilan bog’liq o’zgartirishlar kiritilganligi pirovardida aholining daromadlari oshishiga, hamda ish o’rinlarining yaratilishiga olib keladi.

Soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish hisobiga ularni pul resurs mablag’larining o’zlarida qoldirilishi va ushbu mablag’lardan samarali foydalanish iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga sotsial sohadagi muammolarni, ya’ni, aholining kam daromadli tabaqasining daromadining oshishiga va ish o’rinlari yaratilib bandlik masalasini ijobiy hal etishga sharoit tug’diradi. Ayni bu holat soliq yukini kamaytirish bo’yicha eng muhim vazifa sifatida belgilangan ishlab chiqarishni faollashtirish omili bo’lgan harid talabining jadal o’sishini ta’minlash taktik vazifasini amalga oshirishga zamin yaratadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Umumiy talabning o’sishi deyarli barcha tovarlar, shu jumladan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni oshirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillarni yaratadi. Shu borada avvalo ishchilarning ish haqi, aholimizning daromadlari o’sishini ta’minlashi ko’zda tutilmoqda». Bu masalani hal etishga xizmat qiluvchi qadamlardan biri sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-3706-sonli Farmonining qabul qilinishi va unga muvofiq korxonalar tomonidan kasanachilarga berilgan buyurtmalar bo’yicha mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to’lanadigan mablag’larga teng miqdorda, mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lovni to’lashdan besh yilga ozod etilishi, shuningdek, korxonalar tomonidan kasanachilarga tekin foydalanishga berilgan mol-mulklar qiymati bo’yicha mol-mulk solig’idan ozod qilinishi katta rag’batlantiruvchilik ahamiyatiga egadir.

Bugungi kunda soliq yukini kamaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish orqali soliq turlarini qisqartirish davlatga zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larni kamayishiga olib kelishi mumkin. Biroq, bizning respublikamizda aksincha holatni, ya’ni, soliq yuki kamaytirilganligi bilan davlatni tegishli organlari orqali ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning miqdori va sifati oshmoqda. Bunga esa ma’muriy sohadagi isloxotlarning samarasi orqali erishilmoqda.

Soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirilishi oqibatida ko’zlangan maqsadga erishish nafaqat iqtisodiy usullar orqali, shuningdek, psixologik omillarning ta’sirchanligini ham oshirishni talab etadi. Bu o’rinda soliq madaniyatini yuksaltirish katta ahamiyatga egadir. Soliq to’lovchilarda va soliq xizmati organi xodimlarida soliq madaniyatini oshirish davlatning soliq siyosati orqali soliq yukini kamaytirishdan ko’zlangan maqsadning asl mohiyatini tushunib etishga imkon yaratiladi.

Vatanning kelajagi uchun jon kuydirish faqat uni sevish, unga tajavvuskor kuchlarga murosasiz bo’lish va qarshi kurashishgina emas, shuningdek, belgilangan majburiy to’lovlarni anglagan holda o’z vaqtida to’g’ri to’lashni hamda davlat tomonidan soliq yukini kamaytirish sabablarini to’g’ri anglab etish xissini o’zida mujassam etishni talab etadi. Ana shundagina soliq tushumlari o’z vaqtida byudjetga tushadi, byudjetdan harajatlarni moliyalashtirishda uzilishlarshga barham beriladi, soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog’liq harajatlar qisqartirilsa, eng muhimi soliq to’lovchida soliq madaniyatini oshirish xisobiga O’zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlashning ham moddiy ham ma’naviy asoslarining uyg’unlashuviga erishiladi.

Xulosa qilib aytganda joriy yilda mamlakat ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarimiz bir–biriga mantiqan uzviy holda belgilab berilgan bo’lib, ularning amalga oshirilishi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda «... avvalo, iqtisodiyotimizni jadal va baqaror rivojlantirish, yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, xalqimiz uchun munosib turmush darajasini yaratib berishdan iboratdir».   

Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida yuzaga keladi, balki soliq taktikasidan samarali foydalanishga va uning o’z vazifalarini qay darajada  bajarishiga xam bog’liq bo’ladi. Bu funktsiyalarning ta’siri haqida xo’jalik sub’ektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin.

Shuni ta’kidlash lozimki, soliq yordamida tartibga solish - nozik va murakkab jarayondir. U nafaqat korxonalarning soliq og’irligini, balki u yoki bu faoliyatning daromadlilik darajasini, tadbirkorlik faolligining turli tashkiliy-xuquqiy rasmiylashtirilishi imkoniyatlarini va boshqa qator omillarni ham  belgilaydi.

Xo’jalik sub’ektlariga soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi bo’lib, har qanday soliq siyosati stratgiyasining sifat tavsifini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, olinayotgan soliqlar darajasi, bir  tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi, boshqa   tomondan esa davlatning moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoji miqdori bilan belgilanadi. Shu sababli soliq yukining og’irligini kamaytirish, birinchi navbatda, davlat harajatlarini qisqartirish va ijtimoiy xizmatlarning to’lovlilik darajasiga bog’liq bo’ladi.

Bizning fikrimizcha, oqilona soliq siyosati strategiyasi, nafaqat asos bo’luvchi tamoyillar bazasiga bog’liq holda, balki bu erda bir qator  makroiqtisodiy ko’rsatkichlar ham hisobga olingan holda yaratilishi kerak.

Ma’lumki, O’zbekistonda  umumlashtirilgan iqtisodiy hisob-kitoblarning milliy tizimi joriy etilmoqda. Milliy hisoblar tizimini yaratish g’oyasining mohiyati qayta ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida iqtisodiyotni rivojlantirishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini aniqlash va bu ko’rsatkichlarni o’zaro aloqadorlikda ko’rishdan iboratdir. Ba’zi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bevosita soliq munosabatlari bilan bog’liqdir. Buning ma’nosi shundan iboratki, davlat milliy iqtisodiyotda iqtisodiy o’sish darajasiga qarab  amaldagi soliqlar bo’yicha soliq imtiyozlarini belgilaydi va soliq stavkalarini qayta ko’rib chiqadi.  Iqtisodiy o’sish past bo’lsa yoki umuman bo’lmagan sharoitda soliq stavkalarini oshirishni iqtisodiyot ko’tara olmaydi. ×unki bunga makroiqtisodiy ko’rsatkichlar imkon bermaydi yoki aksincha.

Bizning nazarimizda, milliy hisoblar tizimiga va chet el  tajribasiga suyangan holda O’zbekistonda soliq solish samaradorligini baholashning uchta asosiy mezonini ko’rish mumkin. Bular:

  • Soliq imkoniyatining miqdori.
  • Aholiga soliq yukining darajasi.
  • Soliq yukining umumiy xajmidan iboratdir.

Ayrim mutaxassislar soliq taktikasining samaradorligini YaIMda soliqlarning hissasi bilan bog’laydilar. Boshqa bir guruhdagi  mutaxassislar esa soliq yukini to’lovlarning barchasini birlashtirish yo’li bilan  hisoblashni tavsiya etadilar. Bunda byudjetdan tashqari fondlarga va mahsulotni sotish hajmiga ajratmalar ham soliq yukining tarkibiga kiritiladi.

Bizningcha, keltirilgan uchta asosiy mezonni amaldagi soliq tizimini taxlil qilishda qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Davlatning soliq salohiyati deb, mahsulotlar (xizmatlar, ishlar) uchun  barcha  turdagi soliq to’lovlari, xususan foyda  (daromad)dan soliq va shu turdagi  ijtimoiy soliqlar majmuasi tushuniladi. Bu ko’rsatkich yalpi qo’shilgan qiymat va iqtisodiyotning sof foydasi o’rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.

Soliq tizimini baholashning eng asosiy, makroiqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib soliq to’lovchilarga soliq og’irligi darajasi, uning miqdoriy bahosi bo’lib esa daromadlar olish darajasi hisoblanadi. Bu darajadan oshish soliq to’lovchiga, oddiy takror ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini ham bermaydi. Mazkur daraja davlatning alohida olingan fuqaroga nisbatan majburiyatlariga ham, shuningdek umuman iqtisodiyotga ham bog’liqdir (masalan, uy-joyga, tibbiy xizmatga, ilmiy-tadqiqot ishlariga va iqtisodiy dasturlarga ajratiladigan dotatsiyalar va boshqalar).

Jamiyat a’zolariga soliq og’irligining taqsimlanish   darajasini tavsiflab aytish mumkinki, ishlab chiqarishdagi aksariyat soliqlar, xususan, egri soliqlar tovar tannarxi tarkibiga kiritiladi va pirovard natijada iste’molchi zimmasiga tushadi. Aholining soliq yukini, jon boshiga soliq salohiyatini jon o’rtacha boshiga olinadigan daromadga nisbatan aniqlash mumkin.

Amaldagi soliq tizimini baholashning uchinchi mezoni, umumiy soliq yuki darajasining (yalpi qo’shilgan qiymat shaklida hisoblangan soliq yuki koeffitsientiga tuzatilgan) YaIM hajmiga nisbati shaklida ifodalanadi. Matematik hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, umumiy soliq yukining ulushini umumiy yalpi qo’shilgan qiymat hissasini bo’lib, aholining soliq yuki koefffitsientiga ko’paytmasida ifodalaydi. Izlanishlar natijasida soliqqa tortish samaradorligini baholash asosiy mezonlarining mantiqiy va matematik o’zaro uzviy bog’liqligi aniqlandi. Demak, soliq yuki darajasining o’zgarishi soliq yuki salmog’i o’zgarishiga doimo to’g’ri proportsional va yalpi qo’shilgan qiymat salmog’i miqdori o’zgarishiga teskari proportsionaldir. Bajarilgan hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, mustaqillik yillarida mamlakatning soliq salohiyati 6,4 marta oshgan. Ish haqining har bir birligiga soliq yuki 0.04 so’m bo’lgan.

Shunday  qilib, ko’rib chiqilgan uslub asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida soliq yukini aniqlaydi. Shu asosda butun mamlakatning soliq salohiyatini hisoblashda, barcha soliq summasi va to’lovlarining majmui sifatida hisoblash soliq yukini hisoblashda yollangan xodimlar mehnatiga haq to’lashda har bir so’mga barcha soliqlar summasining, shuningdek, soliq yuki salmog’ini, yalpi qo’shilgan qiymat salmog’i ulushi bilan aniqlanib, uni aholining soliq yuki koeffitsientiga  tuzatish (ko’paytirish) kiritish taklif etiladi.

Shu bilan birga ushbu uslubning qo’llanishi ma’lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Dastlab, u qiyin aniqlanadigan ko’pgina ko’rsatkichlarni hisoblashni talab etadi. Bir vaqtning o’zida korxonaga soliq bosimi xususiyatlarini hisobga olgan holda mikrodarajada soliq yukini hisoblash imkonini bermaydi. Shu bilan birgalikda mintaqa darajasida soliq og’irligini aniqlashni mutlaqo ko’zda tutmaydi.

Bu keltirilgan raqamlarni O’zbekistonga xos bo’lgan va yuqoridagi jadvalda keltirilgan raqamlar bilan qiyoslasak, bizning respublikamizga tegishli bo’lgan o’rtacha umumiy soliq yukining darajasi rivojlangan xorijiy  mamlakatlardagi  xuddi  shu  ko’rsatkichga   nisbatan   ancha   past ekanligi ma’lum bo’ladi. Shu munosabat bilan quyidagi o’rinli savolning paydo bo’lishi tabiiydir: nega soliq yukining nisbatan past darajada bo’lishiga qaramasdan, bizning mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish darajasini ko’ngildagidek deb bo’lmaydi? Bizningcha, bu juda o’rinli savol. haqiqatan ham tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish darajasi faqat soliq yukining og’irlik darajasiga bog’liq emas, yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish darajasi bizning respublikamizga nisbatan past bo’lishi kerak edi. Lekin amaliyot yoki real hayot buning teskarisini ko’rsatib turibdi. Bizning nazarimizda, buning bir necha sababi bor.

Birinchidan, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining taraqqiyot darajasi soliq yukining 45%, 50% va hatto 60% lik darajasida ham uni ko’tarish imkonini beradi. Soliq yukining shu darajada ekanligi uning tadbirkorlik faoliyati uchun og’irligidan yoki haddan ziyod og’irligidan darak bermaydi. Bizning respublikamiz iqtisodiyotining taraqqiy etganlik darajasi shu darajadaki, bu iqtisodiyot uchun soliq yukining 30-32% (majburiy to’lovlarni inobatga olgan holda) darajada ekanligi bunday iqtisodiyot uchun og’ir yoki haddan ziyod og’ir bo’lishi mumkin. Boshqacha tarzda aytadigan bo’lsak, rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati 45-50-60% li soliq yukini bemalol ko’tara oladi. Bizning respublikamizdagi tadbirkorlik faoliyati uchun esa 30-32% li soliq yuki og’irlik qilishi mumkin.

Ikkinchidan, soliq yukining darajasi necha foizga teng ekanligidan qat’iy nazar, bu yukning bizning mamlakatimizdagi soliq to’lovchilar (tadbirkorlar) o’rtasida juda notekis taqsimlanganligini xolisona tan olishimiz kerak. Shu munosabat bilan soliq qonunchiligiga har doim shak-shubhasiz rioya qiluvchi soliq to’lovchilar (tadbirkorlar) bu yukning og’ir ekanligini har qadamda sezib, his qilib turganliklaridan qayd etib o’tishimiz kerak. Bir vaqtning o’zida ularning gardaniga (zimmasiga) yuklangan soliq yukining darajasi soliq qonunchiligiga itoat etmaydigan, turli noqonuniy yo’llar orqali soliqlarni to’lashdan bosh tortayotgan soliq to’lovchilar (tadbirkorlar) hisobidan og’irlashayotganligiga ham e’tibor qaratmasdan o’zga choramiz yo’qdir. Shu bilan birgalikda soliq to’lashdan turli yo’llar bilan bo’yin tovlayotgan soliq to’lovchilar (tadbirkorlar) respublikamizdagi soliq yukining darajasini (og’irligini) sezmayotganliklarini ham ta’kidlab o’tishimiz zarur. Shu boisdan ham soliq yukining og’irligining barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (tadbirkorlarga) nisbatan adolatli taqsimlanishiga erishish davr talabidir. Bizning fikrimizcha, soliq yukini xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida taqsimlashda avvalgi yillardagi ko’rsatkichlar emas, balki sohalar, mulkchilik shakllari bo’yicha ular haqiqatda berilgan imtiyozlar, ulardan  foydalanish samarasi, korxonalarning bankrotlik darajasi, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar jarayonida harajatlarning miqdori, qolaversa, ularning monopol mavzeining holati va ish qobiliyatlarni hisobga olish lozim. 

Uchinchidan, mamlakat doirasida soliq yukining darajasi u yoki bu bosqichda davlatning oldiga qo’yilgan vazifalarning ko’lami va ularning bajarilishi qanchalik hajmdagi moliyaviy resurslarning talab qilishiga ham bog’liqdir. Boshqa sharoitlar teng bo’lgan paytda, tegishli vazifalarni o’z vaqtida bajarish zaruriyati davlatning ixtiyorida ko’proq moliyaviy resurslarning to’planishini  taqozo etadiki, buni soliq yukini og’irlashtirmasdan turib qisqa vaqt ichida hal qilishning sira iloji yo’qdir. Bunday sharoitda soliq to’lovchilar (tadbirkorlar) soliq yukining yuqoridagi sabablarga ko’ra og’irlashuvini istamasalar (ko’pchilik hollarda istamasliklari tabiiy), davlat bajarishi lozim bo’lgan vazifalarning ayrimlarini o’z zimmalariga olmoqliklari lozim.

To’rtinchidan, soliq yukining og’irlik darajasi byudjet kamomadining darajasiga ham bog’liqdir. Albatta, iqtisodiyotda byudjet kamomadining mavjud ekanligiga tabiiy deb qaramoq zarur. Lekin bundan byudjet kamomadining o’lchami (kattaligi) tabiiy ravishda istagancha bo’lishi kerak ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. U o’zining ma’lum bir chegarasiga ega va uning shu chegara doirasida bo’lishini tabiiy yoki sog’lom holat sifatida qarash o’zining ma’nosiga egadir. Byudjet kamomadining tegishli chegara doirasida bo’lishi esa, o’z navbatida, soliq yukining og’irlik darajasi bilan ham belgilanadi.

Beshinchidan, mamlakat doirasida soliq yukining og’irlik darajasi bozor iqtisodiyoti taraqqiyot yo’lining tanlangan modeliga ham bog’liq. Ýrkin bozor iqtisodiyoti sharoitida bir qancha sabablarga ko’ra soliq yukining nisbatan engil bo’lishi jahon amaliyotida allaqachon o’zining isbotini topgan. Ayrim rivojlangan mamlakatlarning hayot tajribasi buni yaqqol ko’rsatib turibdi.

Bir vaqtning o’zida taraqqiyot yo’li sifatida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti modelining tanlanishi (O’zbekistonda shu yo’l tanlanganligi shubhasizdir) iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda davlatning keng ishtirok etishini, faqat makro darajada emas, balki mikro darajada ham iqtisodiy jarayonlarga davlatning faol aralashuvini, iqtisodiyotda davlat sektorining nisbatan kengroq bo’lishini, davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan ijtimoiy himoyaning aholi tor qatlamiga emas, balki aholining keng qatlamiga mo’ljallanganligini taqozo etadi. O’z navbatida, yuqoridagi holatlarning mavjud ekanligi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (tadbirkorlarga) nisbatan soliq yukining nisbatan yuqoriroq bo’lishi kerakligini kun tartibiga qo’yadi. Buni ham rivojlangan xorijiy mamlakatlarning (masalan, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya va boshqalar) hayot tajribasi uzil-kesil ko’rsatib turibdi.

Shu o’rinda, bizningcha, o’ziga xos tarzdagi qonuniyatning bor ekanligini ham qayd etib o’tishimiz zarur. Bu narsa iqtisodiy (moliyaviy) adabiyotlarda qonuniyat sifatida aks ettirilmagan bo’lsa-da, bizning fikrimizcha, uni qonuniyat sifatida rasmiylashtirishga barcha dalillar etarli va barcha asoslar mavjuddir. Bu qonuniyatni, quyidagi tarzda ifoda etish mumkin: erkin bozor iqtisodiyoti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (tadbirkorlarga) nisbatan soliq yukining engilroq bo’lishini taqozo etsa, aksincha, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti ular (tadbirkorlar) zimmasiga nisbatan og’irroq bo’lgan soliq yukini yuklaydi. Chunki bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi qanchalik kuchli bo’lsa, davlat byudjeti harajatlarining oshishini shunchalik taqozo etadiki, o’z navbatida soliq yukini oshirishga ehtiyoj tabiiy holatda tug’iladi. 

Bizning fikrimizcha, respublikamizda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish sur’atlari ko’p jihatdan ana shu qonuniyatning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarimiz tomonidan to’g’ri idrok etilishi va uning tadbirkorlarimiz tomonidan tabiiy ravishda qabul qilinish darajasi bilan belgilanadi.

Nazarimizda, yuqorida chiqarilgan xulosalar va biz tomonimizdan bayon qilingan qonuniyat muhim ahamiyatga molik bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga soliqlar, soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq siyosati strategiyasining ta’siri bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilayotgan paytda ular yana tadbirkorlarning markazida turmog’i lozim.

 

5. Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va hududlar soliq salohiyatini baholash muammolari

Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va hududlar soliq salohiyatini baholashda barcha soliq turlari joylardagi korxonalar faoliyati ulardan kelib tushadigan soliq salmog’i tuman davlat byudjetidagi tutgan o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda xukumat faoliyati, makroiqtisodiy barqarorlashtirishdan tashqari, barqarorlashtirish vazifasiga zid kelishi mukin bo’lgan boshqa maqsadlarni ham ko’zlaydi. Soliq yukining kamayishi, davlat harajatlarining ko’payishi odatda turli xil saylovoldi tadbirlari boshlanishi bilan muvofiq kelishi avvaldan ko’zga tashlanib keladi. Bundan tashqari, byudjet siyosati doimo hammaning ko’z o’ngida: saylovchilar madadiga tayanmoqchi bo’lgan siyosatchilar, hatto buni iqtisodiy zarurat talab qilgan taqdirda ham, soliqlarni ko’paytirishga yoki ijtimoiy ehtiyojlar uchun harajatlarni kamaytirishga jur’at eta olishmaydi.

 Joylarda imkoniyatlarning tengligi ulardan hammaning ham foydalana olishi mumkinligidan dalolat bermaydi. Yagona iqtisodiy manfaatlar mavjut bo’lmaganligi uchun hozirgi jamiyat nohoyatda rang-barangdir. Hozirgacha mamlakatlarda, hatto yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda ham tengsizlik mavjuddir. Soliq siyosati tashqi tomondan qanchalik demokratik bo’lishiga qaramasdan jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari o’rtasida farq bo’lganligi uchun hammani bir hil tarzda qanoatlantira olmaydi. siyosat, eng avvalo, kapital egalariga, ko’proq ta’minlangan go’ruhlarga qulayliklar to’g’diradi va ular qo’shimcha afzalliklarga ega bo’ladi.

     Iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etishdagi ziddiyatlar. Soliq siyosati yordamida tartibga solishdan foydalangan holda davlat umummilliy maqsadlarni hisobga olib ayrim tarmoqlarda, iqtisodiyotning sohalarida va mamlakatning ayrim mintaqalarida kapitalning jamg’arilishini rag’batlantiradi. Bir vaqtning o’zida u xo’jalikdagi vujudga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosiblikni susaytirishga harakat qiladi.  Tadbirkorlarning bir guruhi uchun qulay soliq muhitini yaratib berib, ularning ikkinchi bir guruhiga zarar etkazadi va ularning noroziligia sabab bo’ladi. Xuddi ana shunday holat AQShda butun sanoat uchun soliqqa tortishni tenglashtirish maqsadida sanoatning qazib chiqaruvchi tarmoqlari uchun qazilma boyliklariga nisbatan ustamaning keskin qisqartirilishi notijasida sodir bo’ldi. Tadbirkorlarning umumiy manfaatlariga javob beradigan bu tadbir oldin xuddi shu imtiyozdan foydalanib kelganlarning, ayniqsa, neft kompaniyalarining noroziliklariga sabab bo’ldi.

     Tartibga solish maqsadlarining ziddiyatliliga. Davlat soliq tadbirlarini amalga oshira borib, turli, ayrim hollarda bir-biri bilan mutlaqo to’g’ri kelmaydigan maqsadlarni ko’zlaydi.   Masalan, AQSh ma’muriyati 1981-1986 yillar davomida soliq islohotining amalga oshirish yordamida federal byudjet kamomadiga barham berish va inflyatsiya jarayonlarini susaytirishni ko’zda tutgan edi.  Islohot  inflyatsion jarayonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, byudjet taqchilligini qisqartirish tomon bir oz qadam tashlangan bo’lishiga qaramasdan barbir byudjetning balansligini ta’minlashning iloji bo’lmadi.

     Soliq tadbirlarining e’lon qilinadigan demokratik tamoyillar va ularning real namoyon bo’lishlari o’rtasidagi nomutonosiblik. Soliq qonunlari yaratilayotgan payitda bu qonunlarning odatda tenglik, oddiylik va ommaviylik kabi maqsadlarning ko’zlash rasmiy ravishda e’lon qilinadi. Biroq amaliyotda ijroya hokimiyat, kasaba uyushmalari kabi siyosiy kuchga ega bo’lgan jamoatchilik tashkilotlariga, birlashgan guruhlarga tayanadi. Shuning uchun ham aholining bu qatlami ko’proq soliq afzalliklariga ega bo’lgan bir payitda, jamoatchilik tashkilotlariga birlashmagan aholi qatlami o’zlarining tegishli muammolarini echish imkoniga ega bo’lmaydilar.

     Makroiqtisodiy prognozlash muammosi mavjud. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli ulkan darajada bo’lg’usi vaziyatni oldindan bashorat qilish mumkinligiga bog’liqdir. Turg’unlashayotgan iqtisodiyot ni bugungi kunda rag’batlantirish o’z samarasini yarim yildan so’ng beradi. Lekin yarim yildan ekyin iqtisodiyot tushkunlik holatda bo’ladimi yoki bizning siyosatimiz inflyatsiya to’lqinini yanada kuchaytirib boradimi? Afsuski, ilm-fanning hozirgi holati makraiqtisodiy siyosat uchun aniqlik bilan uzoq muddatli va hrta muddatli prognozlar qilish imkonini bermaydi. Odatta qisqa muddatli (2-3 oyga) prognozlargina muvaffaqiyatli bo’ladi.

Информация о работе Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish