Adabiyotda nutq va til

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 07 Июня 2013 в 20:36, реферат

Краткое описание

Tayanch so’z va iboralar: huquq, til, faoliyat shakllari, ehtiyoj, ifoda vositalari, nutq, voqyelanish, nutqning turlari, og’zaki va yozma nutq, nutqiy madaniyat, nutq sifati, nutq mazmuni, kommunikativ maqsadi, muloqotning xususiy shakllari, muloqotdagi an’anaviylik, dialogik va monologik nutq.

Содержание

1. Til va nutq, til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari.
2. Til va huquqning o’zaro munosabatlari.
3. Nutq shakllari va ularning huquqiy faoliyat jarayonidagi vazifalari.
4. Huquqqa oid munosabatlar tizimida muloqot strategiyasi va taktikasi.

Вложенные файлы: 1 файл

nutq va til.doc

— 120.00 Кб (Скачать файл)

Yuqorida sud jarayonida amalga oshiriladigan nutqlar, ularning o’zaro farqli va umumiy jihatlari xususida qisqacha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga,  notiqlik san’ati oldiga qo’yiladigan umumiy talablar ham mavjud bo’lib, talabalar ulardan ham xabardor bo’lishlari kerak. Bu borada turli tillarda, jumladan o’zbek tilida ham,  adabiyotlar mavjud bo’lsa-da, asosan A.Saidov va G.Sarkisyanslarning «Yuridik til va huquqshunos nutqi» (Toshkent: Adolat, 1994, 32-b.) risolasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Chunki bu kitobchada mualliflar huquqshunosning ma’ruzasi, ya’ni shakllantiradigan nutqi qanday bo’lishi lozim va bu ma’ruzalarning boshqa ma’ruzalardan farq qiladigan hamda o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat, degan savollarga ham, qisman bo’lsa-da javob berishgan.

Xo’sh, bu talablar nimalardan iborat? Ta’kidlaganimizdek, yurist nutqni ham notiqlik san’atining umumiy talablariga bo’ysunadi. Ya’ni, yurist-notiq,   eng avvalo, ma’ruzaning maqsad va vazifasini aniq tasavvur qila olishi, mavzu atrofida ma’lumotlar to’plashi, tegishli adabiyotlar ustida ishlashi, keltirmoqchi bo’lgan faktlar oldindan tekshirilib ko’rilishi, boshqacha aytganda, u haqda yetarli bilimga ega bo’lishlari lozim. Shundan so’ng ma’ruza rejasi tuziladi va bunda albatta tinglovchilarning – auditoriyaning salohiyati inobatga olinadi.

Tinglovchilar bilan o’rnatilgan samimiy aloqa mavzuning ularga tez va oson yetib borishini ta’minlaydi. Ma’ruzani o’qib berishdan saqlanish o’z bilimini amaliyotga qo’llay bilish, davlatimiz olib borayotgan siyosatga, ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolarga  bog’lay olish mahorati ma’ruzachiga nisbatan hurmat orttiradi.

Notiq hamisha mantiqiy izchillik va fikrlar uyg’unligini yoddan chiqarmasligi, bayondagi birinchi va ikkinchi darajali masalalarni farqlay olishi, xulosalarning asosli bo’lishiga harakat qilishi lozim. Ortiqcha tafsilotlarga, keraksiz dalillarga, yuzakilik, soxtalik, bachkanalik, balandparvozlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Qanchalik tabiiylikka erishilsa, bahsli, munozarali masalalar o’rtaga tashlansa, u shunchalik nutqiy mahorat belgisi sanaladi.

Nutqning tozaligiga e’tibor berish, unda chet so’zlarni o’rinsiz ishlatishga yo’l qo’ymaslik, ortiqcha – parazit so’zlarni, shtamplarni ishlatmaslik hamda nutqni shirinso’zlik bilan, yoqimli  ohangda, ravon talaffuz etishga harakat qilish, mujmallikdan qochish ham fazilat sanaladi.  «Asosiy fikrni ovozni past-baland qilish, ohangni o’zgar-tirish, imo-ishora, qaytarish bilan mohirona uqdirish zarur. – deb ta’kidlashadi risola mualliflari. - Notiqning fikri ham, imo-ishorasi ham, nutqi ham bir qolipda bo’lmasligi lozim. Ma’ruzaning jonlanishiga, tinglovchilarning diqqatini tortishga ko’maklashadigan ta’riflar, taqqoslashlar, maqol va matallar, qochiriq so’zlar, ba’zi hollarda hazil-mutoiba gaplarni qo’shishdan qo’rqmaslik kerak. Lekin ularni suiiste’mol qilish bilan ma’ruza materialiga putur yetkazish yaramaydi»2323[12]23.

Nutq so’zlanayotgan paytda notiqning  o’zini to’g’ri tuta bilishi, oddiylik va tabiiylikka harakat qilishi, doimo o’zini kuzatib borishi, ortiqcha harakatlarga yo’l qo’ymasligi, hatto kiyinishda ham kamtarlik ustuvor bo’lishi kabi jihatlar ham muhimdir. Tinglovchilardan tushgan  savollarga ham mumkin qadar qisqa va aniq javob berishga harakat qilish lozim.

Yana shu narsani ham ta’kidlash joizki, har bir nutq alohida shaxs bilimi va dunyoqarashining, tildan xabardorligi va mahoratining mahsuli sanaladi. Shuning uchun ham notiqlik – individuallik, o’ziga xoslik sifatida baholanib, hamma uchun yagona andozalarni belgilab qo’yish mumkin emas. Ammo yuqoridagi kabi, umumiy ma’nodagi, yo’nalish xarakteridagi tavsiyalar ham zarar qilmaydi.

G.Sarkisyans notiqlikning boshqa kasbdagi kishilar uchun zarurligini inkor etmagan holda yurist uchun nihoyatda zarur ekanligini ta’kidlaydi. «Hozir mustaqil O’zbekistonda huquqiy davlat qurishga qat’iy yo’l tutilgan, jamiyatimiz hayotning barcha sohalarida, shu jumladan adliya va odil sudlov sohasida ham, umumjahon demokratiyasi tiklanayotgan  sharoitda respublikamiz huquqshunoslari bo’lmish olimlar oldida ham, amaliyotchilar oldida ham o’ta mas’uliyatli va murakkab vazifalar turibdi»2424[13]24.

Til  har qanday jamiyatning aloqa vositasi sanalar ekan, u yurist faoliyatida ham nihoyatda kuchli quroldir. Ammo muhim noyob boylikning ahamiyatini hyech kimga chaqiriqlar, shiorlar, da’vatlar bilan uqtirib bo’lmaydi. Faqatgina o’z Vatanini, millatini, ona tilisini, shu bilan birga, o’z kasbini sevgan kishigina buni boshqalardan ko’ra avvalroq anglay olishi va undan unumli foydalana olishi mumkin.  

 


Информация о работе Adabiyotda nutq va til